Argosacademy logotipiArgosacademyDavlat xizmatiga tayyorlov platformasi
Real imtihon formatida • 2026

ARGOS demo test — o‘zingizni real formatda sinang

Davlat fuqarolik xizmati tanlovining test bosqichini onlayn sinab ko‘ring: 4 fan, 40 savol, 60 daqiqa. Natijada qaysi fandan ball yo‘qotayotganingiz aniq ko‘rinadi.

Argosacademy — mustaqil tayyorlov platformasi, davlat organining rasmiy sayti emas.

Demo test formati

  • 40 ta savol — har fandan 10 tadan
  • 60 daqiqa, taymer bilan
  • Har savol 2,5 ball, jami 100 ball
  • 57 balldan yuqori — suhbat bosqichiga o‘tasiz

Qaysi fanlar tushadi?

  • Davlat tili
  • Milliy qonunchilik
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
  • Mantiq (IQ)

Savollar rasmiy e’lon qilingan ARGOS test bazasi asosida tuzilgan va baza ARGOS savollari bilan birga yangilanadi.

Demo testdan keyin nima qilish kerak?

1Fanlar bo‘yicha natijangizni ko‘ring
2Zaif fanni lavozim bosqichlarida mashq qiling
3Suhbat savollariga ovoz bilan javob berib tayyorlaning

Ko‘p beriladigan savollar

ARGOS demo test bepulmi?

Ha. Demo testni ro‘yxatdan o‘tib bepul topshirish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish natijangizni saqlash uchun kerak.

Demo test real ARGOS testiga qanchalik o‘xshash?

Format real imtihondagidek: 4 fan bo‘yicha 40 ta savol, 60 daqiqa vaqt, har bir savol 2,5 ball, 57 balldan yuqori natija — suhbat bosqichiga o‘tish. Savollar rasmiy e’lon qilingan ARGOS test bazasi asosida tuzilgan va ARGOS savollari yangilanganda saytdagi baza ham yangilanadi.

Testdan keyin to‘g‘ri javoblar ko‘rsatiladimi?

Imtihon vaqtida to‘g‘ri javoblar ko‘rsatilmaydi — xuddi real imtihondagidek. Yakunda ball va fanlar bo‘yicha natija chiqadi, shunda qaysi fanni kuchaytirish kerakligini bilasiz.

Tibbiyot xodimlari uchun demo test bormi?

Ha. Tibbiyot xodimlari uchun kasbiy savollardan iborat variant hamda malaka toifasi (TOIFA) imtihoni simulyatsiyasi bor: mutaxassislik bo‘yicha 50 savol, 60 daqiqa, kamida 28 to‘g‘ri javob.

Qayta topshirsa bo‘ladimi?

Ha. Har safar oldin ko‘rmagan savollaringiz birinchi navbatda beriladi, shuning uchun qayta topshirish bilimni kengaytiradi.