ArgosacademyPRO

ARGOS test va Suhbatga biz bilan tayyorlaning

Argosacademy — O‘zbekistonda davlat xizmati vakansiyalari uchun ARGOS testi, suhbat (intervyu) savollari va tibbiyot xodimlari uchun TOIFA imtihoniga onlayn tayyorlov platformasi. Lavozimni tanlaysiz, o‘quv materialini o‘rganasiz, testni ovoz bilan yechasiz va har bosqichdan keyin sun’iy intellekt tahlilini olasiz.

Qanday ishlaydi

1. Lavozimni tanlang

Tayyorlanayotgan vakansiyangizni tanlang — davlat boshqaruvi, adliya, iqtisod, soliq, ta’lim, qurilish, qishloq xo‘jaligi yoki tibbiyot yo‘nalishlari.

2. Materialni o‘rganing

Har bosqich uchun o‘quv varaqasi va rasmiy PDF materiallar. Avval o‘qing, keyin testga o‘ting.

3. Ovoz bilan javob bering

ARGOS testda har savolga mikrofon orqali to‘liq javob aytasiz — sun’iy intellekt uni etalon javob bilan solishtiradi. 8/10 natija keyingi bosqichni ochadi.

4. Tahlil va reyting

Har bosqich oxirida AI qaysi mavzuni takrorlash kerakligini ko‘rsatadi. EXP, maqom va umumiy reyting orqali rivojlanishingizni kuzatasiz.

Bepul va Premium

ARGOS testda 1–3-bosqich va suhbat savollarida dastlabki 10 ta savol butunlay bepul. Qolgan bosqichlar tanlangan lavozim uchun bir martalik Premium bilan ochiladi — oylik obuna emas. To‘lov Click orqali amalga oshiriladi.

Tayyorgarlikni boshlash Qanday foydalaniladi? Premium haqida